O'zbekiston, Buxoro sh. "Ziyomax" o'quv Markazi. Mo'ljal: Vokzal, UMS
@ziyomax_uz
+ 998 97 3037007

Biz haqimizda

ZIYOMAX o'quv Markazi rasmiy sayti sahifalariga xush kelibsiz!

Maqsadimiz: -tinglovchilarimiz, abitruentlarimiz dillarini ana shu ZIYOdan xushnud etib, ular ongida yaxshilik, odob, mehr, oqibat, bilim tushunchalari hayotda birlamchi ekanligini imkon qadar maksimal darajada singdirish; -o'quv markazimizga tarbiya topishni o'ziga lozim ko'rgan har bir tinglovchimiz, abitruentimizning o'zi orzu qilgan va tanlagan oliy ta'lim muassasi talabasi bo'lishiga o'z hissamizni qo'shish.

Faoliyatimiz: Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun o'z faoliyatimizni asosan Kimyo, Biologiya, Ona tili va adabiyoti, Matematika, Fizika, Tarix, Ingliz tili kabi fanlardan auditoriyada (offline) va masofadan (online) o'qitish orqali amalga oshiramiz.

Masofadan o'qitish kurslariga o'tish

Kuch-bilim va tafakkurda!

ZIYOMAX (ziyo maksimal)- ajdodlarimizdan qolgan ibratli, hayotiy, dunyoviy bilimlar manbai bo'lgan tabarruk kitoblar sahifalaridan taralib, kelajak avlodning nozik qalblari nafis yo'llarini hayotlari davomida yoritib borguvchi chiroyli odob, mustahkam bilim, asoslangan ilm va tafakkurning ilohiy nurlariga boshlovchi demakdir.

Avvalo xavfsizlik

COVID-19 koronovirusi keng tarqalib borayotgan zamonamizda masofadan o'qitishni dunyo miqyosida bo'lgani kabi abitruentlarimiz uchun ham, ustozlarimiz uchun ham eng ma'qul va xavfsiz usul deb topdik.

Vaqt qadri

Vaqtingizni faqat bilim olishga sarflang. Bilim olish bilan istagan vaqtingizda, istagan joyingizda, masofadan shug'ullaning. O'quv markaziga kelish uchun yo'lga ketadigan vaqt va mablag' xarajatlari bizdan sovg'a.

Tajribali ustozlar

Yuqori darajadagi bilim, ko'nikma, tajriba va albatta diplomlarga ega bo'lgan, unvonli ustozlardan bilim olish baxtiga muyassar bo'lasiz.

Zamonaviy auditoriya

Mobodo o'quv markazimizga kelib shug'ullanishni ma'qul topsangiz, sizni eng so'nggi talablar asosida ta'mirlangan va jihozlangan auditoriyalar kutmoqda.

Qiziqarli ma'ruzalar

Ustozlarimiz ma'ruzalari sizga albatta ma'qul bo'ladi, chunki ular shogirdlari bilan til topishish, do'stlashish, sirdosh bo'lish sirlarini mukammal bilishadi.

Yangi texnologiyalar

O'qitishning so'nggi talablar darajasidagi texnik vositalari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari rostakamiga bilim olaman deganlarni kutmoqda.

10 yillik tajriba

10 yillik faoliyat o'quv markaz ustozlarini yetarli darajada toblanib, mustahkam bilim, tajriba va yuqori ko'rsatkichlar sohibi bo'lishlarini ta'minladi. Shu muddatdagi natijalarimizning ba'zilari quyida keltirilgan.

0 nafar tajribali ustozlar
0 dan ortiq talabalar
0 dan ortiq baxtli ota-onalar
0 dan ortiq tanlov g'oliblari
E'tiroflar

Ota-onalar Biz haqimizda

Ular mutlaqo boshqa-boshqa joylarda, hududlarda yashashadi. Faqat ZIYOMAX gina ularni farzandlari sabab birlashtirib turuvchi yagona vosita.

Bizga nimadir yozmoqchimisiz?

Kurslarimizga qatnashmoqchimisiz?

Kurslarimizga qatnashish, biz bilan bog'lanish, taklif, fikr va mulohazalaringizni bizga yozib yuborish uchun quyidagi kataklarni to'ldiring va YUBORISH yozuvi ustiga bosing. Qandaydir muammo bo'lsa to'g'ridan-to'g'ri +998973037007 ga qo'ng'iroq qiling.